
📣O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazining Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish boʻyicha direktor oʻrinbosari Boboyev Maqsud Mahmudovich 🏅«Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.
Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan ustozimizni markaz jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz!