Haftaning har juma kuni o‘tkazib kelinayotgan «Milliy liboslar kuni» butun respublikamiz bo‘ylab keng ommalashib bormoqda. Ushbu tashabbus doirasida bugun Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida erta tongdan Ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari tomonidan «Milliy liboslar-milliy qadriyat ifodasi!» nomli tonggi dastur tashkil etildi.  

 🎗Tadbirda milliy qadriyatlarimiz va liboslarimizga oid viktorina, savol-javoblar o’tkazilib, bilimlar sinovdan o’tkazildi.  Milliy kuy-qo’shiqlar yangrashi  barchaga xush kayfiyat ulashdi. 

🎗Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi mutaxassisi Kitina Natalya Ivanovna ham yurtimizda milliy qadriyatlarimizga bo’lgan e’tiborni alohida e’tirof etdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *