Buxoro viloyatida 2025–2026-o‘quv yili uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlariga start berildi.
Mazkur tadbirlar doirasida Pedagogik mahorat markazida 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha master-trenerlar tomonidan mentor-trenerlarni tayyorlashga qaratilgan trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Treninglarda o‘quv natijalarini yaxshilashga xizmat qiluvchi samarali baholash va fikr-mulohaza berish madaniyati, loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyalari, shaxsiy va kasbiy rivojlanish maqsadlari hamda bola xavfsizligi bo‘yicha nazariy va amaliy mavzular yoritilmoqda.
Tadbirlarning maqsadi — pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy metodlarni singdirish va mentor-trenerlar orqali o‘quvchilarga sifatli ta’lim berishdan iborat.



