



Suhbat davomida tinglovchilar o’zlarining sevimli kitoblari haqida fikr almashib, kitoblarning zamonaviy inson hayotidagi o’rni, adabiyotning tafakkur va tarbiyaga ta’siri kabi masalalarni atroflicha muhokama qildilar. Bundan tashqari, ular o’qigan asarlari asosida rasmlar chizib, asar mohiyatini o’ziga xos tarzda izohlab berdilar.
✅ Davra suhbati o’qituvchilarning mutolaa madaniyatini oshirish, ularning adabiyotga bo’lgan muhabbatini yanada kuchaytirish hamda o’quvchilarga kitob o’qishni targ’ib qilishda yangi g’oyalar bilan ilhomlantirishga xizmat qildi.