



Markazning «Ingliz tili o’qituvchilari» kursi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda ikki buyuk ijodkorning hayoti, ijodi, she’riyati haqida ingliz va o’zbek tillarida ma’lumotlar berildi, g’azallari, ruboiylari kuylandi, adabiyotimizdagi ularning beqiyos o’rinlari haqida fikrlar bildirildi.
✅ Tadbir davomida sinfdan va maktabdan tashqarida o’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishning uslublari, vatanparvarlik, o’quvchilarni tarixiy shaxslarning ijodi bilan tanishtirish, milliy urf-odatlar, qadriyatlarni singdirishda ingliz tili o’qituvchilarining vazifalari borasida ma’ruzalar qilindi.