Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi mutaxassislari tomonidan viloyatning olis hududida joylashgan Romitan tumanidagi 37-umumta’lim maktabida kompleks metodik xizmat koʻrsatildi.

📍Metodik xizmat ijtimoiy-gumanitar, aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida mahorat darslarini tashkil etishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga yoʻnaltirildi. Shuningdek, oʻsmir yoshdagi oʻquvchilarni ijtimoiy hayotga moslashish, tashabbuskor va kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishga oid psixologik trening  tashkil etildi. 

☑️ Pedagogik mahorat markazining bu kabi tashabbuslari olis hududlardagi ta’lim sifatini yaxshilashga va o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *