Pedagogik mahorat markazi dotsenti Nigora Botirova tomonidan Buxoro davlat pedagogika instituti «Informatika» kursi talabalariga seminar-o’quv mashg’ulotlari o’tkazildi. 

📍 Mashg’ulot davomida bo’lajak pedagoglarga «Darsning tarkibiy qismlari va uni taqdim etish metodikalari, darsni samarali tashkil etishda SMART mezonlar» to’g’risida ma’lumotlar berildi.

Pedagogik mahorat markazi va Buxoro davlat pedagogika institutining hamkorligi doirasida tashkil etilayotgan mahorat darslari bo‘lajak pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishga, ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirishga va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *