



Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Moskva shahridagi «Наследие» ta’lim markazi hamkorligida vebinar tashkil etildi.
Tadbir doirasida «Наследие» ta’lim markazining yetakchi metodisti N. A. Noskova bilan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitish metodikalari va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha tajriba almashildi.