






Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik: Buxoro tajribasi» mavzusida respublika o’quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi.
🔵 Seminarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari, Buxoro davlat pedagogika instituti prorektori, respublikadagi hududiy Pedagogik mahorat markazlarining Kasbiy rivojlantirish bo’yicha direktor o’rinbosarlari, fan metodistlari hamda viloyatdagi boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchilari ishtirok etdi.
✍️ Seminar doirasida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini xalqaro baholash mezonlari asosida aniqlash, natijalarni tahlil qilish, pedagogik yondashuv va metodik ko‘nikmalarni takomillashtirishga oid dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
✅ Buxoro tajribasi sifatida yaratilgan trenajyor platformasining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Amaliy mashg‘ulotlarda Buxoro shahar 29-umumta’lim maktabining barcha 4-sinf o‘quvchilari qamrab olinib, trenajyor platformasi tajriba sinovdan muvaffaqiyatli o’tkazildi. Umumiy 7 ta sinfda o‘tkazilgan sinov jarayonlarida seminar ishtirokchilari platforma imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.