Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida til o’rganishga yangicha yondashilgan holda tinglovchilar uchun darsdan tashqari vaqtda ingliz va nemis tillarida qo’shimcha mashg’ulotlar olib borilmoqda.

📚 Markazda tashkil etilgan «Til bilimi – kelajak kaliti» loyihasi doirasida o‘quv jarayoni olib borilmoqda. Til o‘rganish nafaqat bilim va ko‘nikmalarni rivojlantiradi, balki tinglovchilarning xalqaro kommunikatsiya qobiliyatini oshirishga ham yordam beradi.

«Lothian» uslubi asosida interaktiv mashg‘ulotlar til o‘rganish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilmoqda.

📹 Loyiha asosida nemis va ingliz tili darslari uchun videodarslar tayyorlanib borilmoqda. Bu esa tinglovchilarga mustaqil o‘rganish imkoniyatini kengaytiradi va o‘quv jarayonini yanada samarali qiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *