KORRUPSIYA — TARAQQIYOT KUSHANDASI!

Xabaringiz bor,  soʻnggi yillarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qator ishlar olib borilmoqda.  Joriy yilning yilning 1-noyabridan 1-dekabriga qadar «Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi» doirasida Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «Korrupsiya-jamiyat rivoji kushandasi» mavzusida oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi. ✅Unda korrupsiyaning jamiyat va davlat hayotiga zarari, ushbu illatning oldini olish va uning […]

Bugun Xalqaro UNICEF tashkiloti mas’ul xodimlari hamda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori Nafisa Abdullayeva boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyat pedagogik mahorat markazida bo’ldilar.

✍️ Tashrif davomida mehmonlar markazning maktabgacha ta’lim muassasasi xonalarining jihozlanishi bilan yaqindan tanishdilar. Tomonlar maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, shuningdek, zamonaviy o’quv-metodik materiallar bilan ta’minlash bo’yicha fikr almashdilar.

YUNESKO vakili Nodir Rahimov va xalqaro ekspert Julian Stanley Buxoro viloyati pedagogik mahorat markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar markaz tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ilg‘or tashabbuslar va pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish borasidagi sa’y-harakatlari  bilan tanishdilar. ☑️  Uchrashuvda markaz xodimlari bilan birgalikda markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, xususan, Mukammallik markazlari (Center of Excellence) konsepsiyasi asosida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘qituvchilarning malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va baholashga qaratilgan trening tashkil […]

Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markaziga YUNESKO  vakillari Hyun Kyung Park va Nodir Rahimov, «Ishonch» fondi vakili Janar Sagimbayeva hamda CSAC vakillari Nodira Karimova («Istiqbolli avlod») va Sanjar Yo’ldoshevlar («Barqaror hayot» Toshkent filiali) tashrif buyurdilar.

📍Mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, YUNESKO loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar. ☑️ Uchrashuv davomida markaz xodimlari bilan 2025-yilga mo’ljallangan istiqbolli loyihalar taqdimoti o’tkazildi va o’qituvchilarning malaka oshirishga bo’lgan ehtiyojlarini baholash masalalari bo’yicha trening tashkil etildi.

Buxoro viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Baxtiyor Adilov viloyat Pedagogik mahorat markazida bo’lib, markazning faoliyati va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

✅  Tashrif davomida o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda zamonaviy metodikalarni joriy etish, Prezident maktablari va Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasidan foydalanib ta’lim sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, malaka oshirishga kelgan pedagoglarga zarur sharoitlar yaratish, xorijiy va mahalliy tajribalarni o’rganish asosida mashg’ulotlarni yanada samarali tashkil etish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESCO) ning  Ta’limda-AKT sohasi bo‘yicha eksperti Ms.Wendy Gorton O‘zbekistonga tashrifi davomida Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida bo’ldi.

✅ Tashrif davomida markazdagi ingliz tili, informatika kabi darslarda tahlilda bo’lib, markaz professor-o’qituvchilari, tinglovchilar bilan darslarda foydalanadigan ilg’or pedagogik texnologiyalar, qanday platforma va saytlardan foydalanish ta’limda samarali ekanligi to’g’risida fikr almashdilar.

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazining Ona tili va adabiyot, rus tili, ingliz tili fani o’qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari o’rtasida sportning  shaxmat va shashka turi bo’yicha musobaqaning yakuniy final bosqichi bo’lib o’tdi.

✅ Musobaqalar o’qituvchilarning aqliy salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va sog’lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi. 🎁 G’olib bo’lgan ustozlarimizga esdalik sovg’alari topshirildi.

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «Ishonch» jamg’armasi loyihasi doirasida YUNESKO tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ekspertlari ishtirokida o’qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda markaz direktori A.Xamidov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari, xorijiy mutaxassislar, markaz professor-o’qituvchilari, master-trenerlar, metodistlar, maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ishtirok etdi. ✅ Tadbir davomida: 🔂  Pedagogik mukammallik modeli 🔂  Global modellar bo‘yicha o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishida mukammallik modelini joriy etish 🔂  STEAM yo‘nalishlarini kengaytirish 🔂  Hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. 🔵 […]

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi Axborot resurs markazi hamda texnologiya fani o’qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida «Tili barhayotning eli barhayot» nomli adabiy kecha tashkil etildi.

📚 Adabiy kechada o‘zbek tilining tarixi, rivojlanishi, ahamiyati haqida ma’ruzalar qilindi, buyuk mutafakkirlarimizning ona tilimizga bag‘ishlangan hikmatli so‘zlari o‘qildi. Shuningdek, tinglovchilar tomonidan ona tilimizga bag‘ishlangan she’rlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.