Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 17-martdagi “O’qituvchilarning ilg’or tajribasi va faoliyati davomida qo’llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to’g’risida» gi 89-sonli buyrug’i  ijrosini ta’minlash va mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

✅ Seminarda o‘qituvchilarning muvaffaqiyatli tajribalarini aniqlash, tizimlashtirish va keng tarqatish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan masalalar  muhokama qilindi.

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodiklari» kafedrasi tomonidan Buxoro shahridagi 80-sonli tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Yer sayyorasi umumiy uyimiz» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda «4K» modelining amaliy tadbig’i, she’rlarni yodlatish metodikasi, «Asalari» metodlari orqali pedagoglarning metodik mahoratlari boyitildi, «MELQO»  xalqaro baholash dasturining instrumentlariga alohida urg’u berildi.  ✅Shuningdek,  markaz va mazkur MTT o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan hududlarda tashkil etilayotgan o’quv-amaliy seminarlar  davom etmoqda

Navbatdagi o’quv-amaliy seminar Romitan tumanining  olis hududida joylashgan 42-umumta’lim maktabida “Mahoratli o‘qituvchi – zamon tayanchi” mavzusida bo’ldi. Unda markaz mutaxasisslari tomonidan ona tili va adabiyot, boshlang’ich ta’lim, aniq hamda tabiiy fanlardan mahorat darslari tashkil etildi. Oʼqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan metodlar, vositalar borasida ma’lumotlar berilib, kompleks metodik xizmat ko’rsatildi. Shunindek, tashrif davomida tashkil etilgan o’quv-seminarda  […]

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazining «Kimyo, biologiya, fizika fan o’qituvchilari» kurs tinglovchilari uchun o’quv-seminar tashkil etildi

🖇 Seminar davomida oʼqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, o‘quvchilarni Xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash, ulardagi bilish, qo‘llash, mulohaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida ma’lumotlar berildi.  Shuningdek, o’quvchilarning  o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik  va raqamli dunyoda taʼlim yo‘nalishlarida ochiq namunaviy savollar ko’rilib chiqildi va  tinglovchilarning bu boradagi savollariga javob berildi.

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi biologiya fani o’qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida «Ta’limda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt» moduli bo’yicha ochiq o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

✍️ Mashg’ulot davomida  zamonaviy innovatsion texnologiyalar va ularni ta’lim jarayonida qo’llash usullari, jumladan, Merge EDU Object Viewer, Labster, BioDigital Human virtual laboratoriyalar va 3D texnologiyalar tushuntirildi. Ushbu dasturiy vositalar orqali tinglovchilar virtual laboratoriyalarni tashkil etish, inson anatomiyasini 3D shaklda o‘rganish, hujayra va DNK modellarini vizual tarzda tahlil qilish imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi kimyo fani o’qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari uchun attestatsiya sinovlariga tayyorlash, murakkab testlar bilan ishlashning oson usullariga bag’ishlangan mashg’ulot o‘tkazildi.

🔵 Mashg’ulotda attestatsiya savollari asosida tuzilgan testlarni yechishning samarali metodlari, murakkab kimyoviy masalalarni oson va tez yechishning amaliy usullari oʻrgatildi. Shuningdek, «Birgalikda yuksalamiz» loyihasi doirasida yaratilgan https://attt.uz platformasidagi test topshiriqlari ko’rib chiqildi.

Pedagogik ta’lim klasteri boʻyicha samarali ishlar tashkil etilmoqda

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi professor-o’qituvchilari pedagogik ta’lim klasteriga biriktirilgan Buxoro shahridagi 72-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo’ldilar. ✅  Tashrif davomida «Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglar faoliyatini samarali tashkil etish, hujjatlarni tartibga solish, bolalarning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish» mavzusida o’quv-seminar tashkil etildi. Seminarda “Maktabgacha ta’lim tashkiloti va pedagoglarning ish hujjatlarini […]

METODIK XIZMAT- TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH OMILI

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi mutaxassislari tomonidan viloyatning olis hududida joylashgan Romitan tumanidagi 37-umumta’lim maktabida kompleks metodik xizmat koʻrsatildi. 📍Metodik xizmat ijtimoiy-gumanitar, aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida mahorat darslarini tashkil etishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga yoʻnaltirildi. Shuningdek, oʻsmir yoshdagi oʻquvchilarni ijtimoiy hayotga moslashish, tashabbuskor va kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishga oid psixologik trening  tashkil etildi.  ☑️ Pedagogik […]