




❇️ Mashg’ulot davomida tinglovchilar geometrik figuralar yordamida guruhlarga ajratildi va ularga O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining «portreti»ni chizish vazifasi berildi. Guruhlar tomonidan chizilgan portretlar taqdimotida tinglovchilar o’z fikr va mulohazalarini bayon etib, metodik yondashuvlarga oid qarashlarini muhokama qildilar.
✅ «Gapiruvchi cho’pchalar» va «Blits so’rov» kabi metodlardan samarali foydalanilgani darsning dinamikligini ta’minlab, tinglovchilarning bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga yordam berdi.