Navbatdagi o’quv-amaliy seminar Romitan tumanining  olis hududida joylashgan 42-umumta’lim maktabida “Mahoratli o‘qituvchi – zamon tayanchi” mavzusida bo’ldi. Unda markaz mutaxasisslari tomonidan ona tili va adabiyot, boshlang’ich ta’lim, aniq hamda tabiiy fanlardan mahorat darslari tashkil etildi. Oʼqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan metodlar, vositalar borasida ma’lumotlar berilib, kompleks metodik xizmat ko’rsatildi.

Shunindek, tashrif davomida tashkil etilgan o’quv-seminarda  LDW, CEREBRY platformasi hamda  onlinedu.uz platformasiga doir savollarga javob berildi va amaliy yordam ko’rsatildi.

✅ Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlar reja-grafik asosida viloyatning belgilangan hududlarida davom etadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *