






Yig‘ilish kun tartibidan:
🔂2025-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili va hisoboti;
🔂 Yil yakuniga qadar belgilangan ustuvor vazifalar va ularning ijrosini ta’minlash mexanizmlari;
🔂 O‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) rejasining bajarilishi holati va kelgusi rejalar muhokamasi o’rin oldi.
✅ Kengash tanqidiy ruhda o‘tkazilib, kun tartibidagi har bir masala chuqur tahlil qilindi, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha kafedra mudirlari va tegishli mas’ullar axboroti tinglandi.
✅ Yig‘ilishda markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va belgilangan maqsadlarga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.