XALQARO HAMKORLIK#2

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Moskva shahridagi «Наследие» ta’lim markazi hamkorligida vebinar tashkil etildi Tadbir doirasida «Наследие» ta’lim markazining yetakchi metodisti N. A. Noskova bilan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitish metodikalari va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha tajriba almashildi.

Xalqaro Hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi o’rtasida imzolangan memorandum doirasida koreys tili fani oʻqituvchilari uchun Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi. Seminarning navbatdagi jarayonlari Buxoro tumanidagi 3-umumiy oʻrta ta’lim maktabida davom etadi.