Konferensiya

🔴Ayni paytda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «Ta’lim jarayonida innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilish — zamonaviy ta’limning bosh strategiyasi»  mavzusida Respublika ilmiy-amaliy  konferensiyasi bo’lib o’tmoqda.

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida “Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va psixika: xalqaro tajribalar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyada  A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori A. Ismoilov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari A. Baxronov hamda respublikamiz, xorijiy mamlakatlarning 50 dan ortiq olimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.  Konferensiya doirasida ta’lim, psixologiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlar, xalqaro tajribalar va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. ✅ Ushbu ilmiy-amaliy tadbir […]

Ilmiy amaliy konferensiya

🔴 Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida “ Ijtimoiy fanlarni  o‘qitishda zamonaviy ta’lim paradigmalari.  O‘quvchi-yoshlarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish: muammo va yechimlar”  mavzusida Respublika miqyosidagi  ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamkorligida  «Yangi Oʻzbekiston sharoitida hamkorlik ta’limi masalalari: muammo va yechimlar» mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Konferensiyani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Bahronov va Buxoro viloyati  pedagogik mahorat markazi direktori A.Xamidov  kirish soʻzlari bilan ochib berishdi. 🖇 Ma’ruzalarda XXI asr koʻnikmalarini yoshlarda shakllantirish asoslari, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishida kolloborativ-integrativ muhitning samarali imkoniyatlari, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish usullari borasidagi mavzularda fikr yuritildi.

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Prezident maktabi oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida ingliz tili fanidan tashkil etilgan treningdan videolavha.