“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida mentor-trenerlar uchun o‘tkazilgan treninglar 5 ta fan yoʻnalishlarida yakunlandi

🔵Tadbir yakunida treninglarda faol qatnashgan 88 nafar mentor-trenerlarga sertifikatlar topshirildi.
Qorovulbozor tumani 8-IDUM da tashkil etilgan «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbiridan lavhalar. (video)
«Kasbiy rivojlanish kuni», «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlari aniq fanlar yo’nalishi bo’yicha treninglar (video)
Buxoro shahrida tayanch maktab sifatida belgilangan 15-maktabda tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha yetakchi o‘qituvchilar uchun 2 ta guruhda mashg‘ulot jarayonlari (video)
Buxoro shahridagi tayanch etib belgilangan 12-maktabda “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari (video)
Ingliz tili fani o’qituvchilari uchun «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlari doirasidagi seminar-treninglar davom etmoqda

🔴 Ayni paytda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida NILE ta’lim muassasasi tomonidan ingliz tili fani oʻqituvchilari uchun CPD dasturi doirasida 2 nafar master-trenerlar va 24 nafar mentor o‘qituvchilar ishtirokida «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlarining seminar-treninglari bo‘lib o‘tmoqda. ✅ CPD dasturi oʻqituvchilarning professional ko’nikmalarini yanada oshirishga, o’z bilimlarini rivojlantirish va o’quvchilarga yanada samarali […]
Buxoro viloyatida ingliz tili fani o’qituvchilari uchun belgilangan «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlariga start berildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrugʻiga asosan Buxoro viloyatidagi tayanch sifatida belgilangan 18 ta umumta’lim maktablarida ingliz tili fani yetakchi oʻqituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari oʻtkazilmoqda. 🖇 Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi direktori A.Xamidov Buxoro shahridagi 12-IDUM da bo’lib, «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlarining tashkil etilish holatlarini o’rgandi, kerakli tavsiyalarni berdi.
Buxoro viloyatida 2025–2026-o‘quv yili uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlariga start berildi.

🎥 Mazkur tadbirlar doirasida Pedagogik mahorat markazida 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha master-trenerlar tomonidan mentor-trenerlarni tayyorlashga qaratilgan trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. ✅ Treninglarda o‘quv natijalarini yaxshilashga xizmat qiluvchi samarali baholash va fikr-mulohaza berish madaniyati, loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyalari, shaxsiy va kasbiy rivojlanish maqsadlari hamda bola xavfsizligi bo‘yicha nazariy va amaliy mavzular yoritilmoqda. ✅ Tadbirlarning maqsadi […]
Buxoro viloyatidagi belgilangan 13 ta tayanch maktablarda boshlangʻich ta’lim yoʻnalishida 532 nafar yetakchi oʻqituvchilar ishtirokida «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlariga start berildi. Ushbu tadbirlarning sifatli tashkil etilishini nazorat qilish hamda metodik yordam ko’rsatish maqsadida Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi xodimlari va fan metodistlari ham jarayonlarda faol ishtirok etishmoqda.

✅Mazkur tadbirlar o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish va ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Buxoro viloyatidagi tayanch maktablarda filologiya fanlari yo‘nalishi bo‘yicha “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari boshlandi.

✅ Ushbu tadbirlar o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda o‘quv jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan. ✅ Ma’lumot uchun: Buxoro viloyatidan ushbu jarayonlarga 13 ta tayanch maktab, 24 nafar mentor ustoz va 532 nafar yetakchi pedagoglar jalb etilgan.