Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamkorligida «Yangi Oʻzbekiston sharoitida hamkorlik ta’limi masalalari: muammo va yechimlar» mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Konferensiyani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Bahronov va Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi direktori A.Xamidov kirish soʻzlari bilan ochib berishdi. 🖇 Ma’ruzalarda XXI asr koʻnikmalarini yoshlarda shakllantirish asoslari, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishida kolloborativ-integrativ muhitning samarali imkoniyatlari, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish usullari borasidagi mavzularda fikr yuritildi.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda bilish, qo’llash va mulohaza yuritish ko’nikmalarini shakllantirishning tadbig’i»mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

📍Seminarning amaliy jarayonlari sho’balarda davom etdi.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari uchun Buxoro shahridagi 72-DMTT da «Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya jarayonini innovatsion tashkil etish» mavzusida o’quv-amaliy seminar bo’lib o’tdi.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 17-martdagi “O’qituvchilarning ilg’or tajribasi va faoliyati davomida qo’llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to’g’risida» gi 89-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash va mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

✅ Seminarda o‘qituvchilarning muvaffaqiyatli tajribalarini aniqlash, tizimlashtirish va keng tarqatish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodiklari» kafedrasi tomonidan Buxoro shahridagi 80-sonli tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Yer sayyorasi umumiy uyimiz» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda «4K» modelining amaliy tadbig’i, she’rlarni yodlatish metodikasi, «Asalari» metodlari orqali pedagoglarning metodik mahoratlari boyitildi, «MELQO» xalqaro baholash dasturining instrumentlariga alohida urg’u berildi. ✅Shuningdek, markaz va mazkur MTT o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan hududlarda tashkil etilayotgan o’quv-amaliy seminarlar davom etmoqda

Navbatdagi o’quv-amaliy seminar Romitan tumanining olis hududida joylashgan 42-umumta’lim maktabida “Mahoratli o‘qituvchi – zamon tayanchi” mavzusida bo’ldi. Unda markaz mutaxasisslari tomonidan ona tili va adabiyot, boshlang’ich ta’lim, aniq hamda tabiiy fanlardan mahorat darslari tashkil etildi. Oʼqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan metodlar, vositalar borasida ma’lumotlar berilib, kompleks metodik xizmat ko’rsatildi. Shunindek, tashrif davomida tashkil etilgan o’quv-seminarda […]
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazining «Kimyo, biologiya, fizika fan o’qituvchilari» kurs tinglovchilari uchun o’quv-seminar tashkil etildi

🖇 Seminar davomida oʼqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, o‘quvchilarni Xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash, ulardagi bilish, qo‘llash, mulohaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o’quvchilarning o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik va raqamli dunyoda taʼlim yo‘nalishlarida ochiq namunaviy savollar ko’rilib chiqildi va tinglovchilarning bu boradagi savollariga javob berildi.
Seminar-trening (video)
Kimyo fani o’qituvchilari uchun Prezident maktabida tashkil etilgan seminar-trening (video)
Ingliz tili fani o’qituvchilari uchun Prezident maktabida tashkil etilgan seminar-trening (video)