Bugun Xalqaro UNICEF tashkiloti mas’ul xodimlari hamda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori Nafisa Abdullayeva boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyat pedagogik mahorat markazida bo’ldilar.

✍️ Tashrif davomida mehmonlar markazning maktabgacha ta’lim muassasasi xonalarining jihozlanishi bilan yaqindan tanishdilar. Tomonlar maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, shuningdek, zamonaviy o’quv-metodik materiallar bilan ta’minlash bo’yicha fikr almashdilar.

YUNESKO vakili Nodir Rahimov va xalqaro ekspert Julian Stanley Buxoro viloyati pedagogik mahorat markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar markaz tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ilg‘or tashabbuslar va pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish borasidagi sa’y-harakatlari  bilan tanishdilar. ☑️  Uchrashuvda markaz xodimlari bilan birgalikda markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, xususan, Mukammallik markazlari (Center of Excellence) konsepsiyasi asosida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘qituvchilarning malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va baholashga qaratilgan trening tashkil […]

Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markaziga YUNESKO  vakillari Hyun Kyung Park va Nodir Rahimov, «Ishonch» fondi vakili Janar Sagimbayeva hamda CSAC vakillari Nodira Karimova («Istiqbolli avlod») va Sanjar Yo’ldoshevlar («Barqaror hayot» Toshkent filiali) tashrif buyurdilar.

📍Mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, YUNESKO loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar. ☑️ Uchrashuv davomida markaz xodimlari bilan 2025-yilga mo’ljallangan istiqbolli loyihalar taqdimoti o’tkazildi va o’qituvchilarning malaka oshirishga bo’lgan ehtiyojlarini baholash masalalari bo’yicha trening tashkil etildi.

Buxoro viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Baxtiyor Adilov viloyat Pedagogik mahorat markazida bo’lib, markazning faoliyati va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

✅  Tashrif davomida o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda zamonaviy metodikalarni joriy etish, Prezident maktablari va Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasidan foydalanib ta’lim sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, malaka oshirishga kelgan pedagoglarga zarur sharoitlar yaratish, xorijiy va mahalliy tajribalarni o’rganish asosida mashg’ulotlarni yanada samarali tashkil etish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESCO) ning  Ta’limda-AKT sohasi bo‘yicha eksperti Ms.Wendy Gorton O‘zbekistonga tashrifi davomida Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida bo’ldi.

✅ Tashrif davomida markazdagi ingliz tili, informatika kabi darslarda tahlilda bo’lib, markaz professor-o’qituvchilari, tinglovchilar bilan darslarda foydalanadigan ilg’or pedagogik texnologiyalar, qanday platforma va saytlardan foydalanish ta’limda samarali ekanligi to’g’risida fikr almashdilar.