



Yoga — zamonaviy inson uchun tinchlik va sog‘liq manbai ekanligini yana bir guvohi bo’lish maqsadida markazimizning boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari o’rtasida qiziqarli tadbir tashkil etildi.
Tadbirda TA’LIM-SPORT-YOGA-FITNES integratsiyasining XXI asrda qanchalik dolzarb ekanligi, yoga tarixi, bugungi o’zbek jamiyatidagi ahamiyati, rivojlanishi muhokama etildi. Sahna ko’rinishi, zamonaviy raqslar orqali sog’lom turmush tarzi, sportning ta’limdagi o’rni harakatlar orqali ifoda etildi.