






Buxoro shahridagi 5-son eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan bugungi mashg‘ulotlarda Xalqaro UNICEF tashkiloti mas’ul xodimlari, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori Nafisa Abdullayeva boshchiligidagi institut jamoasi hamda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Akmal Xamidov ishtirok etib, tadbirlarning tashkil etilish holatlarini o’rgandilar hamda kerakli tavsiyalarni berdilar.
✅Mazkur tadbirlar davomida ta’lim sifatini oshirish, innovatsion metodikalarni joriy etish hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish bo‘yicha samarali faoliyat olib borilmoqda.