Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi professor-o’qituvchilari pedagogik ta’lim klasteriga biriktirilgan Buxoro shahridagi 44-umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’ldilar.

🔴Tashrif davomida maktabning 2-3-4-sinflarida Ona tili va O’qish savodxonligi fanlaridan zamonaviy usullar asosidagi ochiq darslar tashkil etildi.

✅Jumladan, 3-sinf o’qish savodxonligi darsida «Raqamiya», «Yozdik-qo’ydik», «Shamol», «Mayda matn», «Innankeyin», «Besh barmoq» va «Refleksiya» texnologiyalari, 3-sinf Ona tili darsida «Oq-qora», «Yumshoq-qattiq» didaktik o’yinlari va «Kim? Nima?» texnologiyasi qo’llanildi. 2-sinf o’qish darsida esa «Kim chaqqon?» va «Jajji lug’atcha» didaktik o’yinlari taqdim etildi. O’quvchilar wordwall.net platformasida yaratilgan onlayn o’yin orqali darak gap hosil qilishni o’zlashtirib oldilar.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *