Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi  tomonidan tashkil etilgan navbatdagi o’quv-seminar Jondor tumanining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun bo’ldi.

 Seminarda:

🔂 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ustamaning yangi baholash mezonlari» ning mazmun-mohiyati va amaliyotdagi ahamiyati;

🔂 PIRLS tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun yaratilgan stajyor platformadan samarali foydalanish tartibi;

🔂 O‘qish savodxonligini oshirishda matnlardan foydalanishning zamonaviy metodikalari kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi. 

🤔 Bu kabi  o’quvlarning asosiy maqsadi — pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda o’quvchilarni Xalqaro tadqiqotlarga sifatli tayyorlash ko’nikmalarini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *