




Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi ona tili va adabiyot hamda rus tili malaka oshirish guruhi tinglovchilari viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib, boy madaniy tajriba orttirdilar.
🔵 Teatrda xalq hayoti, dunyoqarashini aks ettiruvchi, jamiyat taraqqiyoti, ma’naviyati va madaniyati bilan chambarchas bog‘liq voqealardan tashkil topgan S. Rayev asari asosida rejissyor L. Navro‘zov tomonidan sahnalashtirilgan «Ovsar» spektakli namoyish etildi. Sahna nutqi, xarakterlarning jonli ochilishi, asarning mazmuni, teatr rassomligi va sahna bezagi o‘qituvchilarimizda chuqur taassurot qoldirdi.
✅ Bu kabi madaniy-tarbiyaviy tadbirlar pedagoglarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga xizmat qiladi.