



Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida til o’rganishga yangicha yondashilgan holda tinglovchilar uchun darsdan tashqari vaqtda ingliz va nemis tillarida qo’shimcha mashg’ulotlar olib borilmoqda.
📚 Markazda tashkil etilgan «Til bilimi – kelajak kaliti» loyihasi doirasida o‘quv jarayoni olib borilmoqda. Til o‘rganish nafaqat bilim va ko‘nikmalarni rivojlantiradi, balki tinglovchilarning xalqaro kommunikatsiya qobiliyatini oshirishga ham yordam beradi.
✅ «Lothian» uslubi asosida interaktiv mashg‘ulotlar til o‘rganish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilmoqda.
📹 Loyiha asosida nemis va ingliz tili darslari uchun videodarslar tayyorlanib borilmoqda. Bu esa tinglovchilarga mustaqil o‘rganish imkoniyatini kengaytiradi va o‘quv jarayonini yanada samarali qiladi.