seminarlar
Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan Kogon tumanidagi 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar maktabgacha ta’lim tizimi pedagoglarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim metodlarini amaliyotga tatbiq etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratildi.