seminarlar
Buxoro tumani 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.
📌 Seminar-trening davomida raqamli pedagogika va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, dars samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi faolligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.