




Tashrif davomida mehmonlar markaz tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ilg‘or tashabbuslar va pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish borasidagi sa’y-harakatlari bilan tanishdilar.
☑️ Uchrashuvda markaz xodimlari bilan birgalikda markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, xususan, Mukammallik markazlari (Center of Excellence) konsepsiyasi asosida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘qituvchilarning malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va baholashga qaratilgan trening tashkil etildi.