Matematika fanidan o’quvchilarning qiziqishini oshirish uchun qo’shimcha mashg’ulotlarning o’rni katta. Qo’shimcha mashg’ulotlarda odatdagi misol va masalardan tashqari qiziqarli va mantiqiy masalalardan foydalanilsa, o’quvchining fikrlash doirasi yanada kengayib, matematik bilimlarini amaliyotda qo’llash ko’nikmasi hosil bo’lar edi.  Quyida matematika faniga oid qiziqarli va mantiqiy masalalar keltirilgan.

  1. Soatning mili 1 haftada necha marta aylanadi?
  2. 2 ta tuxum 7 minutda qaynaydi. 7 ta tuxum nechi minutda qaynaydi?
  3. Xonaning 4 burchagida mushuk bor, har bir mushuk qarshisida ham 3 tadan mushuk bor. Xonada nechta mushuk bor?
  4. Kubning qirrasi 2 sm uning hajmini toping.
  5. 1 litr necha sm3
  6. 10 dan kichik barcha juft sonlar yig’indisini toping.
  7. Baliqchi 2 minutda 2 ta baliq tutsa 10 minutda nechta baliq tutadi?
  8. Kvadratning tomoni uning perimetrini necha qismini tashkil qiladi?
  9. To’g’ri to’rtburchakning qo’shni tomonlari perimetrining qanday qismini tashkil qiladi?
  10. 50 ni yarimga bo’lsak necha chiqadi
  11. 10 ta nasos o’n minutda 10 tonna suv chiqaradi. 25 ta nasos 25 tonna suvni necha minutda chiqaradi?
  12. Qachon 3 ni ko’rib 15 deymiz?
  13. 1 dan 100 gacha bo’lgan sonlarni yozish uchun 0 raqami necha marta uchraydi?
  14. Orifjon qadamining uzunligi 75 sm Oybekniki esa 60 sm. Qanday eng qisqa masofada ularning oyoq izlari ustma-ust tushadi?
  15. Oralig’I 15 kilometr bo’lgan bir shahardan 2-shaharga 3 ta chavandoz chopib borgan bo’lsa, har qaysi chavandoz necha kilometr yo’l bosadi?

Yuklab olish