BuxDU  huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi «Milliy istiqlol g’oyasi» malaka toifasi tinglovchilari  joriy yilning 24-oktabrida  Buxoro shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Abdullaeva rahbarligida ko’chma amaliy mashg’ulotni o’tkazdilar. Maktabda o‘tkazilayotgan «ona tili va adabiyoti» fan oyligi bo‘yicha ochiq darslar va tadbirlarni ham kuzatib tahlil qildilar.

  

      Shuningdek, «Vatan tuyg’usi» fanidan  «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari» fani o‘qituvchisi M.Hojiyevaning 5A sinfida «Milliy bog’», 5B sinfida  M.Ergashevaning  «Vatanni anglash»  mavzularidagi  darslarini kuzatib tahlil qildilar. Darslar  zamonaviy pedagogik texnologiyalar  asosida kichik guruhlarga bo’linib tashkil etildi.   O’quvchilar Vatan haqidagi she’r va  maqollarni  juda ham ifodali tarzda aytib berdilar. Darslarda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, qo’shimcha adabiyotlardan unumli foydalanildi. «Milliy istiqlol g’oyasi» malaka toifasi tinglovchilari  darslarni tahlil qilib o’zaro tajriba almashdilar.

 

Tayyorladi:                        Bux DU huzuridagi XTXQTUMOHM “Ilg‘or tajriba va

                                            xalqaro  hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar” bo‘limi