2019 yil 30 avgust kuni Buxoro viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligiga  bag‘ishlangan  “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” mavzusida  o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminarda 57 nafar markaz professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

 O‘quv-seminarini Buxoro viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori N.G‘.Dilova kirish so‘zi bilan ochdi.

       Markaz rahbari  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 23 avgust kuni videoselektor yig‘ilishi ko‘rsatilgan  xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Markaz professor-o‘qituvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishining mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish zarurligi,  kafedralar tomonidan chora-tadbirlar tuzilib ularning ijrosini ta’minlash, o‘quv mashg‘ulotlari va  “Ma’naviyat soatlarida” videoselektor yig‘ilishining mazmun-mohiyatini barcha toifadagi kurs tinglovchilariga yetkazish, kafedralar tomonidan uslubiy tavsiya va ko‘rsatmalar tayyorlash, viloyatdagi umumta’lim maktablari bilan ta’lim tizimida innovatsion g‘oyalarni qo‘llashni  yanada takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik ishlarini keng yo‘lga qo‘yish, tayanch maktablar bilan hamkorlikda uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyalar  yaratish, fanlar bo‘yicha  o‘quv, uslubiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi fan oyliklari, seminarlar o‘tkazishni tashkil etish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanishga asoslangan  dars ishlanmalarini hamkorlikda yaratish, tayanch maktablarni kafedralarda yaratilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar, axborot-resurs markazi bazasiga kiritilgan adabiyotlar elektron versiyalari bilan ta’minlashda ko‘maklashish bo‘yicha ishlar amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

     O‘quv-seminarida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, dotsent Yu.Haydarov  tomonidan malaka oshirish hududiy markazlari professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari uchun “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!”   shiori ostida  O‘zbekiston  Respublikasi davlat mustaqilligining  28 yilligiga  bag‘ishlab  o‘tkaziladigan  “Mustaqillik darslari”ni tashkil etish  bo‘yicha  uslubiy tavsiyalar berildi.

     O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Astanov so‘zga chiqib, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish orqali ta’lim sifat va samaradorligini oshirish, o‘quv jarayonida Avgust kengashlaridagi metodik tavsiyalar mazmun-mohiyatini tinglovchilarga o‘rgatish masalalari bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berdi.

     Shundan so‘ng, o‘quv-seminarida ishtirok etgan professor-o‘qituvchilardan B.Axmedov, S.Baqoev, U.Qosimov, R.Astanovlar mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, yaqin tariximizda Prezident rahbarligida hech qachon bunday yig‘ilish o‘tkazilmagani, videoselektor yig‘ilishida xalq ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, muammolarni kompleks hal qilish masalalari chuqur tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar muhokama qilinganligi, Davlatimiz rahbarining o‘qituvchining maqomi va nufuzini oshirish, huquqlari va imtiyozlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratganligini alohida qayd qilib o‘tdilar.

      Buxoro viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori N.G‘.Dilova  ma’ruzachilarga va professor-o‘qituvchilarga  minnatdorchilik bildirib, o‘quv-seminarini yakunladi.          

 

 

 

  BVXTXQMOHM “Ilg‘or tajriba va xalqaro

  hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar”

  bo‘limi boshlig’i                                                                 M.Q.Oripova