Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida 2019 yil  10 sentabr kuni Boshlang‘ich ta’lim  fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida o‘qituvchi T.Olimov tomonidan “Ta’lim-tarbiya texnologiyalari va jahon tajribasi” modulidan “Pedagogik kompetensiyalar va pedagogik qobiliyatlar” mavzusida ochiq amaliy mashg‘uloti  o‘tkazildi. Mashg’ulotga hududiy markaz rahbari N.G‘.Dilova, kafedralar mudirlari, professor-o’qituvchilari taklif etildi.

    Mashg‘ulot  jarayonida  kurs tinglovchilar pedagogning kompetensiyasi va turlari, pedagogik mahorat, uning tarkibiy qismlari, pedagogik qobiliyat, pedagoglarga o‘quv faoliyatida va undan tashqari faoliyatda ham zarur bo‘lgan umumiy pedagogik malakalar majmui hisoblangan pedagogik texnikaning mohiyatini “Esse”, “Domino”, “Tushunchalar tahlili” interfaol metodlar yordamida keng ochib berdilar.

    O‘qituvchi tinglovchilarni o‘ylash, izlanish, ijodkorlikka da’vat etadigan muammoli vaziyatlar yarata oldi, dars jarayonida uning ijodkorligi, uslubiy mahorati yaqqol namoyon bo‘ldi.

    Ochiq amaliy mashg‘ulot tahliliga kirgan professor-o‘qituvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘zaro tajriba almashdilar.

 

BVXTXQMOHM “Ilg‘or tajriba va xalqaro

hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar”

bo‘limi boshlig’i                                                                 M.Q.Oripova