Joriy yilning 27-may kuni Buxoro viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish” bo‘limi mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 1- martdagi “Umumta’lim maktablari pedagoglari bilimini yaxshilash hamda yangicha o‘qitish uslublarini tushuntirish bo‘yicha "Mobil metodik guruhlar" faoliyati tartibini belgilash to‘g‘risida”gi 8,9-sonli qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Mobil metodik guruhlar tomonidan metodik xizmat ko‘rsatilgan Olot tumanidagi 16, 22, 27- umumta’lim maktablari  o‘qituvchilarining  bilimlarini
 yakuniy diagnostikadan o‘tkazish Apro.uz dasturi orqali amalga oshirildi. Tashrif davomida hududiy markaz xodimlari tomonidan o‘qituvchilarga “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.