Joriy yilning 29-noyabr kuni Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 28- avgust kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 28-sonli bayoni hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 14 - noyabrdagi 540-sonli buyrugʻining mazmun mohiyatini shuningdek "Uzluksiz kasbiy taʼlim" elektron platformasi imkoniyatlarini Pedagogik markaz professsor o‘qituvchilariga va shu orqali malaka oshirish kurslariga jalb etilgan fan o‘qituvchilariga yetkazish maqsadida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

 Yig‘ilishda Maktab o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishga bo‘lgan kasbiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida 2024-yil yanvar oyidan boshlab maktab o‘qituvchilarining malakasini tabaqalashtirilgan holda oshirish tizimini joriy etishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joriy yilning 4 – 15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari baholovchi testlar vositasida diagnostikadan o‘tkazilishi bo‘yicha ma’lumot berildi. Yig‘ilishda ishtirok egan professor-o‘qituvchilar va bo‘lim xodimlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi imkoniyatlaridan foydalangan holda maktab o‘qituvchilarini diagnostikadan o‘tkazish muddatlari, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida qay tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari va diagnostika testini topshirishlari boyicha qanday ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozimligi bo‘yicha savollarga javob olishdi.