2022-yil 6-dekabr kuni milliy markazimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi–farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz asosi” mavzusida o‘quv- seminari o`tkazildi. O‘quv- seminarda

“Ijtimoiy–iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent Yu. Haydarov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratish omili”, “ Ijtimoiy–iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Oripova “Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati”, Ijtimoiy –iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Abdullayeva “Konstitutsiya - Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash kafolati” , Buxoro davlat pedagogika instituti huquqshunosi A. Mirxodjayev “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga taklif qilinayotgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati” mavzularida ma`ruza qildilar.
O‘quv-seminarda tinglovchilar juda faol ishtirok etishdi. Tinglovchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga ma`ruzachilar tomonidan to`liq javoblar oldilar.