2023-yil 24-may kuni “Ijtimoiy–iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi a’zolari Tojikiston davlat moliya-iqtisod universiteti professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda “O‘quvchi -yoshlarga iqtisodiy bilimlarni o‘rgatishning dolzarb masalalari: tajriba va istiqbol” mavzusida o‘quv- seminarini o‘tkazdilar.


O‘quv- seminarda milliy markazimizning “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, dotsent Yuldash Haydarov “Oʻzbekiston- Tojikiston davlatlari o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik tarixi va istiqbollari”ga oid fikrlarni bayon qildi.
O‘quv- seminarda Tojikiston davlat moliya-iqtisod universiteti “Bojxona faoliyati” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori Saidakmal Mirsaidov “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ayrim masalalari” mavzusida ilmiy dalillarga boy ma’ruza qildi.
Milliy markazimizning oquv-metodik ishlari boyicha direktor o`rinbosari Sherzod Astanovning “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ma’ruzasi seminar ishtirokchilarida yaxshi taassurot qoldirdi. O‘quv- seminarda “Ijtimoiy–iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasining katta o‘qituvchilari Mavluda Oripova, Muhayyo Abdullayeva va Shaxlo Alimovalar o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar.