Joriy yilning 17-aprel kuni Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi hamda Germaniyaning “Frankfurt” universiteti hamkorligida “Maktabgacha ta’limda xalqaro hamkorlik: Germaniya tajribasi” mavzusida viloyat miqyosida ilmiy-amaliy seminar-trening o’tkazildi. Frankfurt universiteti o'qituvchisining Maktabgacha ta’lim yo’nalishi mutaxassisi Rahimova Dilnoza Abdurahimovna tomonidan tashkil etilgan treningda viloyatning Maktabgacha ta’lim tarbiyachilari hamda boshlang’ich sinf o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

 Shuningdek, Germaniya maktabgacha va boshlang’ich ta’lim tizimi, uning afzallik jihatlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari, mashg’ulotlarni tashkil etish, ota-onalar hamkorligi, ta’lim-tarbiya jarayonida homiylik, inklyuziv ta’lim masalalari bo’yicha mutaxassis tomonidan tinglovchilarga ma’lumotlar berildi va seminar ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Seminar bahs va munozaralarga boy tarzda tashkil etildi hamda tarbiyachi va o’qituvchilarga ijobiy taassurot uyg’otdi. Mamlakatimiz maktabgacha va boshlang’ich ta’limining yanada rivojlanishi, yuqori natijadorlikka erishish maqsadida kafedra professor-o’qituvchilari bilan shu yo’nalishidagi xalqaro hamkorlikni uzluksiz davom ettirishga kelishib olindi.