2023-yilning 27-aprel kuni Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi Maktabgacha ta’lim tashkiloti 3-4 guruhlari tinglovchilari ishtirokida 30-aprelda Respublikamizda o’tkazilishi rejalashtirilayotgan  Referendum targ’iboti yuzasidan “Referendum – yorqin kelajak garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Milliy qomusimizda aks etayotgan ta’lim sohasidagi ijobiy o’zgarishlar, xususan, 40-41-50-55-moddalarning mazmun-mohiyati, Maktabgacha ta’lim yuzasidan Konstitutsiya loyihasida kiritilgan yangiliklar to’g’risida ma’lumotlar berildi. Tadbir taassurotlarga boy tarzda tashkil etildi.