Til har bir millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir.Tilni onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan bugun 20-oktabr kuni Buxoro viloyati PYMO‘MM Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasida Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari 1-guruh tinglovchilari ishtirokida "Qadring baland bo'lsin- ona tilim" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tinglovchilar o’z pedagogik iste'dod va mahoratlarini namoyon etdilar. Kelajagimiz davomchilari bo’lmish barkamol avlod ta’limi va tarbiyasidek mas’uliyatli vazifani o’z zimmasiga olgan tarbiyachilar o’z ijodiy va kasbiy imkoniyatlarini namoyish qildilar.