Joriy yilning 25- oktabr kuni Buxoro viloyati PYMO'MM maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari hamda boshlang'ich ta'lim yo'nalishi malaka oshirish kurslari ishtirokida "Zamonaviy pedagogning kreariv g'oyalari" mavzusida intellektual bellashuv tashkil etildi. Ishtirokchilar "Round Robin" metodi orqali hikoyani davom ettirish, tabiiy materiallardan didaktik kompozitsiyalar tayyorlash, SWOT tahlili asosida kompetensiya va "4 k" modeli ko'nikmalarini tavsiflash va "Shoir bo'l" shartlari asosida bellashdilar. Tadbir yakunida refleksiya asosida tinglovchilarning yozma fikrlari olindi. O'zlashtirilgan yangiliklarning ular pedagogik faoliyatida qo'llanilishi samarali natijalarga olib kelishi ta'kidlandi.