Buxoro viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi professor-o’qituvchilari safiga yana bir falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan pedagog qo’shildi.
Joriy yilning 24-mart kuni milliy markazning o’qituvchisi Navro’zova Muyassar G’aybullayevna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi kengash yig’ilishida “O’zbek folklori tilida tibbiy birliklarning etnolingvistik va lingvopoetik ifoda xususiyatlari” mavzusida 10.00.01- O’zbek tili yo’nalishi bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Markaz jamoasi M.Navro’zovani falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritganligi munosabati bilan tabriklaydi va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!