2023-yil 5-iyun kuni Buxoro viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi  hamda Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti huzuridagi Rus tili universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi asosida institutning professori Sinyachkin Vladimir Pavlovich va Sapojnikov Pavel Valeryevich rus tili va adabiyoti fani o’qituvchilari malaka oshirish kursida “Языковая картина мира и формирование образовательного языкового сознания” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordilar. Mashg’ulotlar davomida ta’lim jarayonini tashkil etishda o’qituvchi va o’quvchining roli, o’quvchilarda badiiy tasavvurni shakllantirish yo’llari, ikkinchi tilga o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari, milliy madaniyatni shakllantirish usullari har tomonlama muhokama qilindi. Mashg’ulot tinglovchilarda katta qiziqish uyg’otdi va munozaralarga boy bo’ldi.   O’quv mashg’ulotlari hafta oxirigacha tashkil etiladi.