Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Tillarni o‘qitish metodikasi  kafedrasi professor - o‘qituvchilari,  ARM xodimlari hamda 16-21 -oktabr kunlari tashkil etilgan ona tili va adabiyot o‘qituvchilari malaka oshirish kurs tinglovchilari  bilan hamkorlikda 2023-yil 21-oktabr kuni  "Qoshgʻariydan meros ona tilim jilosi" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

 Tadbirda oʻzbek tilining betakror jozibasini aks ettirgan sher va qoshiqlar, sahna koʻrinishlari ijro etildi. AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum, Haydarobod universiteti professori Hemalata Nagarajan, Rossiya Federatsiyasi Ryazan viloyati oʻzbeklar milliy markazi rahbari Zulayho Kadirova tomonidan yuborilgan video tabriklar, shuningdek Musiqa guruhi tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar  tinglovchilarga oʻzgacha zavq bagʻishladi.