Buxoro viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamda  Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Rus tili va adabiyoti instituti  bilan hamkorlik Memorandumi ijrosini ta’minlash maqsadida “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi G.Hamidova 2023-yil, 19-20-oktyabr kunlari Moskva shahrida tashkil etilgan «Лингвокультурология и коммуникативная реальность XXI века: новые вызовы – новое осмысление»  xalqaro lingvistik forumda ishtirok etdi.

 G.Hamidova tomonidan sho’ba yig’ilishida “Влияние русского языка на культуру и развитие подрастающего поколения» mavzusidagi ma’ruza forum ishtirokchilariga katta qiziqish uyg’otdi va qizg’in muhokamalarga asos bo’ldi. Forum jarayonida G.Hamidova Rus tili va adabiyoti instituti rektori A.V.Doljikova bilan uchrashib, ikkala ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv jarayonida ilmiy-metodik hamkorlik, viloyat rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda stajirovka o‘tish uchun sharoit yaratishga kelishib olindi.