Joriy yilning 17-noyabr kuni Buxoro viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamda Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida bir guruh Rossiyalik mutaxassislar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida rossiyalik mutaxassislar pedagogika fanlari doktori, professor Xamrayeva Yelizavetta Aleksandrovna, pedagogika fanlari nomzodi dotsent Shorina Tatyana Aleksandrovnalar Pedagogik markazda o‘zlarining malakalarini oshirayotgan rus tili guruhi tinglovchilari bilan uchrashib, “Современные лингводидактические инновации в преподавании русского языка” mavzusida seminar-trening tashkil etdilar.

 

Mashg’ulotlar jarayonida tinglovchilarga yangi o‘quv darsliklarining xususiyatlari va ular bilan ishlashda yangi innovatsion usullardan foydalanish  masalalari keng muhokama qilindi va tinglovchilarga aniq misollar asosida amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi. Mehmonlarga malaka oshirish kursi tinglovchilari tomonidan tayyorlangan badiiy-adabiy tadbir namoyish etildi.  Uchrashuv qizg’in munozaralar ruhida tashkil etildi.