🔵 Seminarda viloyatdagi tanlov sinflari tashkil etilgan maktablarda faoliyat yuritayotgan kimyo va biologiya fani o‘qituvchilari ishtirok etib, o‘z malakalarini oshirish, tajriba almashish va zamonaviy metodik yondashuvlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

✅ Tadbir davomida 32-maktabning tabiiy fanlar yo‘nalishidagi 11-sinf o‘quvchilari uchun ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi, tanlov fanlarini o‘qitishda loyihaviy yondashuv, o‘quvchilarni ilmiy izlanishga yo‘naltirish, yangi metodik vositalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, tabiiy fanlar bo‘yicha tanlov sinflarida ishlaydigan o‘qituvchilar uchun maxsus tayyorlangan metodik qo‘llanmalar taqdim etildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *