Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida «Nazm gulshani» bellashuvi tashkil etildi.

🔵 Bellashuvda tinglovchilar «Mushoira», «Nazm va navo», «Raqamlar daraxti» kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. ✅ «Mushoira» shartida A.Oripov, E.Vohidov, Usmon Azim, Farida Afruz, Zebo Mirzayevaning betakror she’rlari ifodali o‘qildi. ✅ «Nazm va navo» shartida ishtirokchilar Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qib, g‘azallar asosida yaratilgan qo‘shiqlarga raqsga tushdilar. ✅ «Raqamlar daraxti» shartida raqamlar ishtirok etgan g‘azallar, she’rlar, tuyuq […]
«Zakovat” intelektual o‘yini – bilim va tafakkur sinovi

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «Zakovat» intelektual klubi Buxoro viloyati hududiy bo’linmasi bilan hamkorlikda “Zakovat” o‘yini tashkil etildi. 🔵Bunda barcha kurs tinglovchilaridan saralab olingan jamoalar o’zaro bellashdilar. O’yinni Zakovat klubi Buxoro viloyati hududiy bo’linmasi koordinatori Erkin Shonazarov boshqardi. 🔂Intelektual klub a’zolari tayyorlab kelgan savollar pedagoglarni topqirlikka, mantiqiy va teran fikrlashga, tezkoq qaror qabul qilishga, eng […]
Teatr – ma’naviyatimiz gultoji

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi ona tili va adabiyot hamda rus tili malaka oshirish guruhi tinglovchilari viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib, boy madaniy tajriba orttirdilar. 🔵 Teatrda xalq hayoti, dunyoqarashini aks ettiruvchi, jamiyat taraqqiyoti, ma’naviyati va madaniyati bilan chambarchas bog‘liq voqealardan tashkil topgan S. Rayev asari asosida rejissyor L. Navro‘zov tomonidan sahnalashtirilgan «Ovsar» spektakli namoyish […]
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazining navbatdagi Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi

Yig‘ilish kun tartibidan: 🔂2025-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili va hisoboti; 🔂 Yil yakuniga qadar belgilangan ustuvor vazifalar va ularning ijrosini ta’minlash mexanizmlari; 🔂 O‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) rejasining bajarilishi holati va kelgusi rejalar muhokamasi o’rin oldi. ✅ Kengash tanqidiy ruhda o‘tkazilib, kun tartibidagi har bir masala chuqur tahlil qilindi, amalga […]
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi katta o’qituvchisi Ergasheva Ra’no Ahadovna «Xalq ta’limi a’lochisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi!

💐 Markaz jamoasi nomidan Ra’no Ergashevani ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Ustozimizga kelgusi ishlarida ham ulkan zafarlar tilaymiz!
⚡️Mukofot muborak!

📣O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazining Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish boʻyicha direktor oʻrinbosari Boboyev Maqsud Mahmudovich 🏅«Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan ustozimizni markaz jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz!
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi dotsenti Kosimov Ubaydullo Axrorovich «Xalq ta’limi fidoyisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi!

💐 Markaz jamoasi nomidan Kosimov Ubaydullo Axrorovichni ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Ustozimizga kelgusi ishlarida ham ulkan zafarlar tilaymiz!
BIR GURUH USTOZLAR TAQDIRLANDI

1-oktabr «Oʻqituvchi va murabbiylar» kuni munosabati bilan Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi dotsenti Aslanova Nozima Xakimovnaga viloyat hokimi Botir Zaripov «Xalq ta’limi a’lochisi» koʻkrak nishonini topshirdi. 🖇Ustozimizni mukofot bilan tabriklaymiz!
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida 21-oktabr «O’zbek tili bayrami kuni» munosabati bilan tonggi tadbir tashkil etildi.

🎗Tadbirda ishtirokchilar o’zbek tiliga oid qiziqarli faktlar asosida savol-javoblarda faol qatnashdilar. Viktorinalar orqali o’zbek tilining boy tarixi va madaniy merosi bo’yicha bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi tomonidan «Kitobxonlik- bilim va ma’naviy yuksalish manbai» nomli tonggi dastur tashkil etildi.

Tadbir davomida kitobxonlik madaniyati, jadidlar faoliyatiga doir savol-javoblar o’tkazildi. Shuningdek, jonli ijrodagi kuy-qo’shiq va raqslar yig’ilganlarga xush kayfiyat bag’ishladi.