Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida erta tongdan tinglovchilar uchun Abdulla Qahhor tavalludiga bag’ishlangan tonggi tadbir tashkil etildi.

✅ Tadbir davomida adibning hayoti va ijodiga oid qiziqarli savol-javoblar o’tkazildi. Viktorinalar orqali yozuvchining asarlari bo’yicha bilimlar sinovdan o’tkazildi.
Tonggi tadbir

✅ Buxoro viloyati pedagogik mahorat markaziTillarni o’qitish metodikasi kafedrasi tomonidan haftaning ilk kunini yuqori kayfiyatda boshlash maqsadida qiziqarli tonggi tadbir o’tkazildi. Fanlarga oid qiziqarli viktorina va savol-javoblar, karaokeda qo’shiq kuylash shartlari asosida bo’lib o’tgan tadbir barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Buxoro viloyati pdagogik mahorat markazida 12-aprel «Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni» munosabati bilan tonggi tadbir tashkil etildi.

🔰 Markaz professor-o’qituvchilari va tinglovchilar ishtirokida kosmonavtika tarixiga doir qiziqarli ma’lumotlar, savol-javoblar o’tkazildi.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida Amir Temur tavalludining 689-yilligi munosabati bilan tonggi tadbir bo’lib o’tdi.

🖇 Markaz professor-o’qituvchilari, xodimlari va tinglovchilar ishtirokida buyuk bobokalonimiz hayotiga doir qiziqarli savol-javoblar, viktorinalar tashkil etildi.
SEN BARIBIR MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL!

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan tonggi tadbir bo’lib o’tdi. Markazning professor-o’qituvchilari, xodimlari ayollarni bayramona kayfiyat bilan kutib olishdi. 💐Aziz va munis ayollar goʻzallik va nafosat bayrami muborak bo’lsin!
1-dekabr Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni!

❇️ Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni» munosabati bilan tonggi tadbir tashkil etildi. 🖇 Markaz professor-o’qituvchilari, xodimlari va tinglovchilarga hamdardlik, qoʻllab-quvvatlash va kelajakda OITS siz yashash uchun ishonch ramzi boʻlgan-qizil lentalar tarqatildi. Shuningdek, qisqa savol-javoblar ham uyushtirilib, kasallik va uning oldini olish borasidagi fikrlar haqida ma’lumotlar berildi.-dekabr Butunjahon OITS ga […]
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA «METODIK MAHORAT KUNI» TADBIRLARIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi 5-son eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan bugungi mashg‘ulotlarda Xalqaro UNICEF tashkiloti mas’ul xodimlari, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori Nafisa Abdullayeva boshchiligidagi institut jamoasi hamda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Akmal Xamidov ishtirok etib, tadbirlarning tashkil etilish holatlarini o’rgandilar hamda kerakli tavsiyalarni berdilar. […]
«METODIK MAHORAT KUNI» VA «METODIK MAHORAT SOATI» TADBIRLARINI TASHKIL ETISH BO’YICHA SEMINAR-TRENINGLAR YAKUNLANDI

Joriy yilning 17–19-sentabr kunlari Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun 3 kunlik seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida ishtirokchilar zamonaviy innovatsion metodlar, STEAM texnologiyasi, interfaol o‘yinlar hamda NEL Framework dasturi asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. ✅ Tadbir yakunida seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.
«METODIK MAHORAT KUNI» VA «METODIK MAHORAT SOATI» TADBIRLARINI TASHKIL ETISH BO’YICHA SEMINAR-TRENINGLARGA START BERILDI

🔵 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-son Farmoni hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 8-noyabrdagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi 362-son buyrug‘ida belgilangan. ✅ Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida 17-19-sentabr kunlari […]
BUXORO VILOYATIDA BELGILANGAN 24 TA TAYANCH DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “METODIK MAHORAT KUNI” TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

🖇 «Metodik mahorat kuni» tadbirlari doirasida tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish, tajriba almashish va yangi metodlarni o’rganishga qaratilgan yangiliklar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.