Konferensiya

🔴Ayni paytda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «Ta’lim jarayonida innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilish — zamonaviy ta’limning bosh strategiyasi» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tmoqda.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida “Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va psixika: xalqaro tajribalar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyada A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori A. Ismoilov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari A. Baxronov hamda respublikamiz, xorijiy mamlakatlarning 50 dan ortiq olimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Konferensiya doirasida ta’lim, psixologiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlar, xalqaro tajribalar va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. ✅ Ushbu ilmiy-amaliy tadbir […]
Ilmiy amaliy konferensiya

🔴 Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida “ Ijtimoiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy ta’lim paradigmalari. O‘quvchi-yoshlarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamkorligida «Yangi Oʻzbekiston sharoitida hamkorlik ta’limi masalalari: muammo va yechimlar» mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Konferensiyani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Bahronov va Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi direktori A.Xamidov kirish soʻzlari bilan ochib berishdi. 🖇 Ma’ruzalarda XXI asr koʻnikmalarini yoshlarda shakllantirish asoslari, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishida kolloborativ-integrativ muhitning samarali imkoniyatlari, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish usullari borasidagi mavzularda fikr yuritildi.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Prezident maktabi hamkorligida tashkil etilayotgan treninglar davom etmoqda

Navbatdagi trening mashg’uloti markazning «Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari» malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Prezident maktabining malakali o’qituvchisi Navbahor Karomova tomonidan “Terminlar. Kasbiy terminlar” mavzusida bo’ldi. ✅ Hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur seminarlar ta’lim sifatini oshirish, ilg’or pedagogik tajribalarni tarqatish va o’qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Prezident maktabi oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida tegishli fan yoʻnalishlarida tashkil etilayotagan treninglar davom etmoqda

Joriy yilning 11-oktabr kuni pedagogik mahorat markazining matematika fani tinglovchilari Prezident maktabining malakali oʻqituvchisi Aziz Tursunovning 10-sinf oʻquvchilari bilan tashkil etilgan oʻquv mashgʻulotida qatnashdilar. Cambridge dasturi asosida oʻtiladigan matematika darsini kuzatdilar hamda kerakli tavsiyalar oldilar. ✅ Darsdan soʻng «Muvaffaqiyatli ta’limda muvozanatli summativ yozma ishlarni tuzish» mavzusida trening boʻlib oʻtdi. Trening jarayonida dunyo miqyosidagi ta’lim dasturlarining […]
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Harbin texnologiyalari universiteti hamkorligida «Fizika fanini o’qitishda innovatsion yondashuvlar: Xitoy universitetlari tajribasi O’zbekistonda» mavzusida vebinar tashkil etildi.

✍️Vebinarda fizika fanini o’qitishdagi eng so’nggi innovatsion metodikalar, ilg’or texnologiyalar va Xitoy universitetlarining tajribasi muhokama qilindi. Ishtirokchilar jahon ta’limidagi yangiliklar bilan tanishib, o’z kasbiy mahoratlarini oshirish va o’qitish jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish bo’yicha qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Gyote institutining O‘zbekistondagi filiali o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

📍 Ushbu hamkorlik doirasida nemis tili fani o‘qituvchilari uchun treninglar tashkil etish, yangi loyihalar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. ✔️ Uchrashuv davomida o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy metodik yondashuvlarni joriy etish, ilg‘or nemis tilini o‘qitish texnologiyalarini o‘zlashtirish va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan taklif va rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Xalqaro Hamkorlik#2

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Moskva shahridagi «Наследие» ta’lim markazi hamkorligida vebinar tashkil etildi. Tadbir doirasida «Наследие» ta’lim markazining yetakchi metodisti N. A. Noskova bilan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitish metodikalari va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha tajriba almashildi.
XALQARO HAMKORLIK#2

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Moskva shahridagi «Наследие» ta’lim markazi hamkorligida vebinar tashkil etildi Tadbir doirasida «Наследие» ta’lim markazining yetakchi metodisti N. A. Noskova bilan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitish metodikalari va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha tajriba almashildi.